Shrift:
Rang:
Rasm:
Ovoz:
Qayta o‘rnatish:
panelni yashirish:
Dushanba-Juma 8:00 dan 17:00 gacha
  • 2023/03/23
  • 399

Jamiyat tarixi


1938-yilda loyiha-qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun Toshkent, Samarqand, Andijonda loyihalash idoralari tashkil qilingan bo‘lib, ular 1950-yilda “O‘zsuv ishlab chiqarish” trestiga birlashtirilgan, 1951-yildan boshlab “Sredazgiprovodxlopok” institutiga filial huquqida biriktirilgan.

1954-yilda “Sredazgiprovodxlopok”ning O‘zbekiston filiali “O‘zgiprovodxoz” loyiha-qidiruv institutiga qayta tashkil qilingan.

1974-yildan boshlab “O‘zgiprovodxoz” – O‘zbekiston davlat melioratsiya va suv xo‘jaligi loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot instituti.

Kichik hajmli vazifalarni bajargan loyiha-qidiruv idorasi bir qator qayta tashkil qilinishlar natijasida, Respublikaning suv xo‘jaligiga mo‘ljallangan loyihalarga ehtiyojlarining loyiha-smeta hujjatlarini ta’minlagan holda Respublikaning meliorativ va suv xo‘jaligi obyektlarini loyihalash bo‘yicha kuchli institutiga aylandi.

1993-yilda “O‘zgiprovodxoz” “O‘zdavsuvloyiha” institutiga qayta o‘zgartirildi, O‘zbekiston regionlarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax, Qarshi cho‘llari yangi zonalaridan tashqari) suv xo‘jaligi va meliorativ qurilish obyektlarini loyihalash bo‘yicha asosiy institut sifatida belgilandi. "O'ZSUVLOYIHA" OAJ O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasining 2004-yil 12-iyuldagi 282 pp-r-sonli farmoyishiga asosan "UZDAVSUVLOYIHA" loyiha-qidiruv, ilmiy-tadqiqot institutini davlat tasarrufidan chiqarish yo‘li bilan tashkil etilgan.

Jamiyat Toshkent shahar Shayxontohur tumani tadbirkorlik subyektlarini Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Inspeksiyasi tomonidan 2004-yil 7-oktyabrda ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida Y-09-1935-sonli reestr tartib raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jamiyat Toshkent shahar Shayxontohur tumani tadbirkorlik subyektlarini Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Inspeksiyasi tomonidan 2014-yilning 25-iyulida aksiyadorlik jamiyati shaklida Y-09-1935-sonli reestr tartib raqami bilan qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida 2004-yil 6-avgust 09-1935- sonli guvohnoma).

2004 yilda “O‘zdavsuvloyiha” instituti “O‘zsuvloyiha” Ochiq aksiyadorlik jamiyatiga qayta o‘zgartirildi. OAJ barcha shartnomalar va majburiyatlar bo‘yicha institutning huquqiy vorisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-maydagi O‘RQ-370 "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" gi Qonunining yangi tahririga muvofiq jamiyatning nomi "O'ZSUVLOYIHA" OAJdan "O'ZSUVLOYIHA" AJga o‘zgartirildi. 

"O'ZSUVLOYIHA" AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi PQ-104 sonli "Gidroenergetika sohasini yanada isloh qilish chora –tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaroriga asosan "O‘zbekgidroenergo" AJning tashkiliy tuzilmasi tarkibiga kirdi.