Shrift:
Rang:
Rasm:
Ovoz:
Qayta o‘rnatish:
panelni yashirish:
Dushanba-Juma 8:00 dan 17:00 gacha
  • 2023/12/15
  • 526

Seminar ishtirokchilarining bilim va malakasi boyitildi


Bugun, 15-dekabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ tasarrufidagi “Energetiklar sihatgohi”da Jamiyat Axborot xizmati tashabbusi bilan tizim korxona va tashkilotlarining rasmiy veb-sayt hamda ijtimoiy tarmoqlarga masʼul xodimlari uchun ikki kunlik o‘quv-amaliy seminari boshlandi.

Seminar o‘quv dasturidan sohaga doir asosiy maʼruzalar o‘rin olgan bo‘lib, ishtirokchilarga soha mutaxassislari tomonidan maxsus maʼruzalar yordamida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.


Birinchi kun dasturidan o‘rin olgan asosiy mavzularni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘qituvchisi, “Yangi media taʼlim” markazi ijrochi direktori Gulmira Shukurova interaktiv shaklda olib bordi.

2 kun davom etgan rasmiy veb-sayt hamda ijtimoiy tarmoqlarga masʼul xodimlari uchun tashkil etilgan ikki kunlik o’quv amaliy seminari yakunida ishtirokchilarga Jamiyatning maxsus sertifikatlari topshirildi.