
Bugun "O'zbekgidroenergo" AJ Boshqaruv raisi A.A.Sanginov barcha tizim-korxonalari ishtirokida videoselektor o'tkazdi.

Unda "O'zsuvloyiha" AJ Bosh direktori M.F.Nadjimov va jamiyat xodimlari ham qatnashdi. A.A.Sanginov video-selektorda tugab borayotgan 2023-yil yakunlari sarhisobini qilar ekan, gidroenergetika sohasida erishilgan yutuqlar bilan birgalikda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar haqida har bir korxona misolida to'xtalib o'tdi. Shuningdek, sohada kelasi 2024-yil uchun amalga oshirish ko'zlangan maqsad va rejalarni belgilab berdi.

Videoselektordan so'ng, jamiyatimiz Bosh direktori M.F.Nadjimov xodimlar bilan selektorda ko'tarilgan masalalar yuzasidan o'zaro fikr almashdi va kelajak rejalar haqida o'z talab va takliflarini bayon etdi.