
Yangi yil bayramini hammadan ham ko'proq shirindan-shakar bolajonlar kutishadi. Ularning eng sevimli bayrami ham aynan yangi yil. Jajji farzandlarimiz uchun oila davrasida dasturxonni turli xil noz-ne'matlar bilan bezatib, bayramona tele-ko'rsatuv, multifilmlarni tomosha qilishdan ortiq baxt bo'lmasa kerak. Shu bilan birga, albatta ota-onalaridan sovg'alar kutishadi...



Bularni inobatga olgan holda, "O'ZSUVLOYIHA" AJ rahbariyati qadrli ishchi-xodimlarimizning har bir kichik yoshdagi farzandlari uchun "shirin sovg'alar qutisi" va bayramona konsert dasturlari uchun chiptalar ulashdi.
Bayramingiz muborak bo'lsin aziz bolajonlar!