Shrift:
Rang:
Rasm:
Ovoz:
Qayta o‘rnatish:
panelni yashirish:
Dushanba-Juma 8:00 dan 17:00 gacha
  • 2024/01/09
  • 756

"O'zbekgidroenergo" AJ Boshqaruv raisi A.Sanginov kengaytirilgan videoselektor o'tkazdi


 

Bugun “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi A. Sanginov ishtirokida kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda barcha tizim korxona va tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida 2024-yilda GES va kaskadlar tomonidan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bajarilishi va o‘rnatilgan quvvatlardan foydalanish koeffitsiyent ko‘rsatkichlari samaradorligi bo‘yicha masʼullar hisoboti; 2024-yil uchun Investitsiya dasturi va Jamiyat manzilli ro‘yxatiga kiritilgan loyihalar doirasida o‘zlashtirish prognoz ko‘rsatkichlarini bajarilishini taʼminlash maqsadida har bir obyekt kesimida qurilish-montaj ishlari, asbob-uskunalar yetkazib berilishi va istiqbolli loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha masʼullar hisoboti; Jamiyat tarkibidagi tizim korxonalarida tegishli buyruqlar asosida o‘tkazilgan inventarizatsiya hamda sohaviy hujjatlar yuritilishi, obodonlashtirish ishlari bo‘yicha Ishchi guruh tomonidan amalga oshirilgan tekshiruv ishlari yakuniy hisobotlari eshitildi hamda muhokama qilindi.