Shrift:
Rang:
Rasm:
Ovoz:
Qayta o‘rnatish:
panelni yashirish:
Dushanba-Juma 8:00 dan 17:00 gacha
  • 2024/02/20
  • 688

Ayollar sog'ligi - jamiyat boyligi


Bugun, 20-fevral kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Jamiyat hamda tizim korxona va tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun “Har bir ayol – jamiyat va davlat himoyasida” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent shahar Shayxontohur tumani tibbiyot birlashmasidan vrach-endokrinolog Kamola Shukurova, vrach-ginekolog Mohira Mirzaliyevalar ishtirok etishdi.Tadbirda kirish so‘zi bilan chiqqan "O'zbekgidroenergo" AJ Boshqaruv raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi Surayyo Po‘latova tomonidan mamlakatimizda aholining tibbiy madaniyatini oshirish, xususan, Jamiyat tizimidagi xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hamda ular uchun yaratilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.Vrach-endokrinolog Kamola Shukurova tomonidan insonning kun tartibiga rioya etishi, faol harakat asosida organizmini chiniqtirishi, sport bilan shug‘ullanishi, to‘laqonli va sifatli ovqatlanishi, gigiyenik qoidalarga amal qilishi borasida maʼlumot berildi. Shuningdek, bugungi kunda ko‘p uchrayotgan qandli diabet kasalligi, uning alomatlari, davolash tartibi to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Kasallikning oldini olish borasida mutaxassis tomonidan zaruriy tavsiyalar berib o‘tildi.Tadbir davomida vrach-ginekolog Mohira Mirzaliyeva tomonidan xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, eʼtiborni yanada kuchaytirish, bu borada amalga oshirilayotgan amaliy ishlarga to‘xtalib o‘tildi, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash borasida zaruriy tavsiyalar berildi. Shuningdek, kasalliklarni oldini olish, tibbiy ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tish va vrach nazoratida bo‘lish kabi masalalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Mazkur tadbirning 20-fevral – Butunjahon ijtimoiy haqiqat kunida o‘tkazilishining yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, bunda ijtimoiy rivojlanishga eʼtibor qaratish, tadbirlarni tizimli o‘tkazish, erkak va ayollarning teng huquqliligi, ijtimoiy farovonlik hamda xotin-qizlar salomatligiga oid masalalar bo‘yicha xalqaro aloqalarni rivojlantirishda yordamlashishdan iborat. Bu sana 2007-yilda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan taʼsis etilgan va 2009-yildan boshlab har yili nishonlanib kelinmoqda.

                                                                         Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.