O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son qarori ijrosini ta’minlash hamda “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalarning mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, joriy yilning 25-30-mart kunlari Jamiyatning tegishli buyrug‘i bilan “Energetiklar sihatgohi” MChJda tizim korxonalarining mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi mutaxassislari uchun malaka oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Malaka oshirish kurslarida Jamiyat tarkibiga kiruvchi korxonalarning 30 nafar mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi mutaxassislari faol ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar “Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” nodavlat taʼlim muassasasining tajribali mutaxassis-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.