Shrift:
Rang:
Rasm:
Ovoz:
Qayta o‘rnatish:
panelni yashirish:
Dushanba-Juma 8:00 dan 17:00 gacha
  • 2024/04/26
  • 273

"INNOPROM Markaziy Osiya" Xalqaro sanoat koʻrgazmasi


 

22-26-aprel kunlari Toshkent shahridagi "O'zekspomarkaz" MKK hududida "INNOPROM Markaziy Osiyo" IV Xalqaro sanoat ko'rgazmasida "O'ZSUVLOYIHA" AJ xodimlari ishtirok etishdi.

 

 

Ko'rgazma jarayonida ular "МЭЗ Уралэлектро" AJ, "Взлет" KG va "ЭлМетро-Инжиниринг" MChJ vakillari bilan suhbatlashib, ishlab chiqarishdagi yangiliklar va ishlab chiqarilayotgan elektrodivigatel, zamonaviy suv o'lchash qurilmalari, suv boshqaruvini avtomatlashtirishda ishlatiladigan eng so'nggi qurilmalar va axborotni qayta ishlash dasturlari bilan tanishishdi. Kompaniyalar vakillari bilan kelajakdagi loyihalar yuzasidan hamkorlik qilishga kelishilindi.