Shrift:
Rang:
Rasm:
Ovoz:
Qayta o‘rnatish:
panelni yashirish:
Dushanba-Juma 8:00 dan 17:00 gacha
  • 2024/05/03
  • 278

“El-u yurt bilan hamdard bo‘lib yashagin, toki xalq hamisha sen bilan birga bo‘lgay!”


 

“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tizim ishchi-xodimlarining vatanparvarlik, daxldorlik, mas’ullik tuyg‘ularini oshirish maqsadida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturining asosiy mazmun-mohiyati, maqsad-vazifalari ham keng targ‘ib etib kelinmoqda.

Xususan, Boshqaruv raisi maslahatchisi S. Po‘latova tomonidan “El-u yurt bilan hamdard bo‘lib yashagin, toki xalq hamisha sen bilan birga bo‘lgay!” g‘oyasi asosida tizim korxona-tashkilotlarida ishchi-xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tilida ish yuritish masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan davriy o‘rganishlar o‘tkazilib, yurtimizdagi o‘zgarish-yangilanish jarayonlari borasida chuqur tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

 

 

Boshqaruv raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha maslahatchisi S.Po‘latova joriy yilning 2-may kuni Jamiyat tizimidagi “O‘zsuvloyiha” aksiyadorlik jamiyatida bo‘lib, mazkur tashkilotdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit holati hamda ushbu yo‘nalishda yuritilayotgan hujjatlar yig‘majildlari, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi holatini batafsil o‘rganib chiqdi.

Shuningdek, tashkilotda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil qilinib, ularni qiziqtirayotgan masalalar, xodimlarning kiyinish va muomala madaniyatiga qo‘yiladigan talablar, gender tenglikni ta’minlash yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, o‘z faoliyatini samarali tashkil qilish yuzasidan tavsiya-ko‘rsatmalar berildi.

 

 

Tizim korxona-tashkilotlarida o‘tkazilayotgan bu kabi o‘rganish va tahlillar, siyosiy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘z navbatida ishchi-xodimlar faoliyati samaradorligini, mas’ulligi va daxldorligini oshirishga munosib hissa qo‘shadi.