
Bugun, "9-may - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "O'ZSUVLOYIHA" AJ mehnat faxriylari bilan Xotira va qardlash maydoni ziyorat qilinib, "Motamsaro ona" haykali poyiga guldasta qo'yildi, o'tganlar yod etilib va haqlariga duolar qilindi.



So'ngra, jamiyat bosh direktori M.F.Nadjimov faxriylarimiz bilan davra suhbati uyushtirib, ularni kelayotgan bayram bilan qutladi. Yoshi ulug' xodimlarimiz ham suhbat davomida o'tgan davrni xotirlab, bo'lib o'tgan qiziq voqealarni so'zlab berishdi.
