Shrift:
Rang:
Rasm:
Ovoz:
Qayta o‘rnatish:
panelni yashirish:
Dushanba-Juma 8:00 dan 17:00 gacha
  • 2024/08/15
  • 894

“Chess Board Open Championship of “Uzbekhydroenergo” JSC” (Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati)


 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi arafasida, “O‘zbekgidroenergo” AJ hamda Energetika vazirligi tizimidagi aksiyadorlik jamiyatlari hamda korxonalarining markaziy apparatlari xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha anʼanaviy “Chess Board Open Championship of “Uzbekhydroenergo” JSC” (Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati) o‘tkazilmoqda.

 

 

Bugun, 15-avgust kuni O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi pavilyonida mazkur an’anaviy musobaqaning asosiy final bosqichi boshlandi.

 

 

Musobaqa “O‘zbekgidroenergo” AJ tashabbusi bilan, Energetika vazirligi hamda Jamiyat tizim korxonalari xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat turi ommaviyligini oshirish, barcha xodimlarni sport musobaqalariga keng jalb qilish va ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

 

 

 

Bugun kun davomida shiddatli ruhda o‘tgan “Chess Board Open Championship of “Uzbekhydroenergo” JSC” (Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati)ning final bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Yakuniy bosqichda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchi 100 mln so‘m, ikkinchi o‘rin g‘olibligini qo‘lga kiritgan ishtirokchi 75 mln so‘m, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchi 50 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

G‘oliblar uchligi bilan tanishing:

 

 

1-o‘rin – Tursoatov Ulug‘bek, “Gidroproyekt” AJ xodimi

 

 

2-o‘rin – Furqat Imamov – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimi

 

 

3-o‘rin – Mexron Madusmanov – “Ohangaron GES” UK xodimi.