Shrift:
Rang:
Rasm:
Ovoz:
Qayta o‘rnatish:
panelni yashirish:
Dushanba-Juma 8:00 dan 17:00 gacha
  • 2024/08/23
  • 758

“O‘zbekgidroenergo” AJ “Boshqaruv raisi kubogi” futbol musobaqasi


 

Bugun, 23-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi arafasida anʼanaviy “O‘zbekgidroenergo” AJ “Boshqaruv raisi kubogi” futbol musobaqasi boshlandi.

 

 

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov tashabbusi bilan o‘tkazilib kelinayotgan ushbu anʼanaviy musobaqa O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (O‘FA) bilan hamkorlikda O‘FAning mini futbol maydonlarida tashkil etilmoqda. Futbol musobaqasi oldidan stadion bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

 

 

Musobaqada Jamiyat tizim korxona va tashkilotlarining jami 21 ta jamoasi “Do‘stlik va birdamlik!” shiori ostida qatnashmoqda.

 

 

 

 

24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi arafasida o‘tkazilgan “O‘zbekgidroenergo” AJ “Boshqaruv raisi kubogi” futbol musobaqasining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.