Shrift:
Rang:
Rasm:
Ovoz:
Qayta o‘rnatish:
panelni yashirish:
Dushanba-Juma 8:00 dan 17:00 gacha
  • 2022/12/26
  • 127

Bugungi kunda ta‘lim olish zamon talabi


 

Albatta, bir nechta variantlar mavjud. Birinchisi – jamg‘armalar boshqa maqsadlarda sarflab yuborilishi mumkinligini inobatga olgan holda oz-ozdan mablag‘yig‘ib borishdir. Ikkinchisi – ancha hujjatlarni yig‘ib, o‘zaro hisob-kitoblar keyingi odatiy harajatlarga qay darajada ta‘sir etishini hisobga olgan holda bankdan kredit olishdir. Shu bilan birga o‘qish bir yil davom etmasligi sababli qanday kredit olish kerak, degan qo‘shimcha savol tug‘iladi. Va uchinchisi – muqobil variant topish mumkin. Uni ahtarish ham shart emas, zero bu molyaviy bozorda azaldan mavjud variantlardan biri – ta‘lim olish uchun hayotni jamg‘arma sug‘urtasidir. Umuman olganda, sug‘urta nima ekanligini hozir ko‘pchilik yaxshi tushunadi. Ammo qaiysi vaziyatda qanday sug‘urta mahsulotidan foiydalanishni, afsuski, barcha ham bilmaydi. Shunday qilib, ta‘lim olish uchun hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash nima?

 

Avvalo bu dastlab ko‘rsatilgan variantlarda mavjud hususiyatlarni hamda qo‘shimcha funksiyalarni o‘z ichiga oladigan moliyaviy dastak. Bu mahsulotni hayotni sug‘urtalash milliiy bozorining pioneri hisoblanuvchi «O’zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasi taklif etadi. Sug‘urta shartnomasini istalgan paytdan tuzish mumkin bo‘lib, qanchalik vaqtli tuzilsa, jamg‘arish harajatlari shunchalik kamroq bo‘ladi. Ya‘ni sizning farzandingiz bolalar bog‘chasiga chiqayotganda, Siz u kelajakda nufuzli ta‘lim olishini rejalashtirib, sug‘urta polisini harid qilishingiz mumkin.

 

Shoshilmay, oilaviy byudjetga ortiqcha og‘irlikni tushurmaiy har oyda, har chorakda (yarim yilda) yoki bir yilda bir marotaba ma‘lum mablag‘ni jamg‘arma shartnomasi hisobiga ajratishingiz mumkin.

 

Bu bir qarashda juda sodda sxema bo‘lib, uning qo‘shimcha funksiyasi nimadan iborat? Birinchidan, hayotni sug‘urta qilish shartnomasini tuzar ekansiz, Siz shartnoma muddati tugaganda olishingiz mumkin bo‘lgan mablag‘miqdorini o‘zingiz tanlaysiz. Bunda Sug‘urtalangan shaxslar va/yoki Sug‘urta qildiruvchilarni (ular boshqa-boshqa shaxs bo‘lsa) baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash kabi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanishi mumkin.

 

U jarohat olish yoki sog‘liqqa boshqacha ziyon etishi holatlarida jamg‘arma shartnomasining asosiy puliga ta‘sir etmaydigan qo‘shimcha to‘lovlarni olishni ta‘minlaydi. Ikkinchidan, shartnomaning amal qilish muddati mobaynida sug‘urta himojasi kuchga ega bo‘lishi, hatto, eng nohush holatlarda ham sug‘urta to‘lovini olishga hizmat qiladi.

 

Gap shundaki, baxtga qarshi Sug‘urta qildiruvchi va sug‘urta badallarini to‘lovchi bo‘lgan ota-ona vafot etsa, mazkur fojiali voqea yuz berishiga qadar qancha sug‘urta mukofoti to‘langanligidan qat‘iy nazar sug‘urta kompaniyasi kelishilgan sug‘urta pulini to‘liq to‘lab beradi. Boshqacha aytganda, ta‘lim olish uchun hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash shartnomasini tuzar ekansiz, Siz nafaqat kelajakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan to‘lov masalasini hal etasiz, balki kutilmagan voqealar yuz berganda ham Sizning farzandingiz munosib ta‘lim olishiga imkoniyat yaratasiz.

 

Uchinchidan, soliq imtiyozlari tufayli Siz hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilishga yo‘naltirilgan pullaringiz soliqdan ozod bo‘lishi hisobiga mablag‘laringizni tejashingiz mumkin.

 

Agar Sug‘urta qildiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan ota-onaning biri bo‘lsa, unga nisbatan ho‘jalik faoliyatini yurituvchilar uchun belgilagan imtiyozlar ham qo‘llaniladi. Jamg‘arilgan mablag‘lar oluvchiga oliiy o‘quv yurtiga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan keyin yoki sug‘urtalangan shahs sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan yoshga etgandan keyin ikki yil o‘tgandan so‘ng beriladi.

 

Jamg‘arish sxemasining qulayligi sababli, jumladan arizangizga binoan ish joyingizdagi buxgalteriya tomonidan oylik ish haqidan ushlab qolgan holda kerakli mablag‘larni o‘tkazib borish imkoniyati mavjudligi sababli mablag‘lar o‘z vaqtida to‘lab borilishi haqida o‘ylamasangiz ham bo‘ladi.

 

Shunday qilib, sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati qanchalik uzoq davom etsa, sug‘urta badallarini to‘lanishi Sizning oilaviy byudjetingiz uchun shunchalik kam ta‘sir qiladi. Shuni ta‘kidlash joizki, inflyasiyaning ohirgi yillardagi darajasi, uni tartibga keltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar hamda soliq imtiyozlari va «O’zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan to‘lov qobiliyatining kafolatlari inobatga olinsa, sug‘urta shartnomasi uzoq muddatli ekanligiga qaramasdan Sizning mablag‘laringiz ishonchli saqlanib, vaqt o‘tishi bilan o‘z dolzarbligi yo‘qotmaydi.

 

Bugungi kunda mehnat bozoridagi raqobat nufuzli oliy o‘quv yurtining diplomi bilan tasdiqlangan bilimlarga bog‘liq bo‘lib, farzandlaringizning kelajagi qandaiy bo‘lishi haqida g‘amho‘rlik qilishning, ya‘ni ushbu yorug‘kelajakni yaratish uchun Siz bugun nima qila olishingiz haqida o‘ylashning aiyni payti. Zero biz bilamizki, bugungi kunda ta‘lim olish zamon talabi.